Savol matnida Yevropa chempionlar ligasi soʻzlari YCHL deb qisqartirib oʻqiladi. Buning savolga aloqasi yoʻq. Qahramon Aslanov oʻz telegram kanalida “Yuventus” YCHLga chiqolmasa, “Bolonya” murabbiyi Tiago Mottani olib kelmoqchiligi haqida yozar ekan, quyidagi mulohazalarni keltiradi: Mobodo “Yuventus” YCHLga chiqolmasa-yu, “Bolonya” bu ishni uddalasa, “Yuventus”ga oʻtgan Motta YCHLsiz qoladi. Agar “Yuventus” YCHLga chiqsa-yu, “Bolonya” qolib ketsa, “Yuventus” oʻz murabbiyini isteʼfoga chiqarmaydi va Motta YCHLsiz qoladi. Diqqat, savol: har ikki holatda ham Motta YCHLda qatnasholmay qolishi mumkinligini yozgan Aslanov oʻz maqolasida qaysi paradoksni eslab oʻtadi?