Savol matnida X (iks) boshqa soʻz bilan almashgan. Bu soʻz yunoncha boʻlib, "bir kunlik, qisqa muddatli" degan maʼnoni anglatadi. Asosan uzoq muddat saqlash uchun moʻljallanmagan qogʻoz buyumlar: gazeta, buklet, plakat, xat, qogʻoz paket kabilarni ifodalash uchun ishlatiladi. 1943-yilda nashr qilingan asarda esa X (iks) larni shu soʻz bilan taʼriflanganini koʻrishimiz mumkin. Diqqat savol: X (iks) oʻrnidagi soʻzni toping.