Savol matnida U ikki soʻzni almashtirib keladi. Tilimizdagi bir ibora kishi qochishga joy topa olmay qolgan paytni ifodalaydi. Yashirinishga joy topolmayotgan odam noilojlikdan hatto UNI ming tangaga sotib olishga tayyor boʻladi. U odam uchun oʻta kichik, unga sigʻish, kirib yashirinib olish mutlaqo imkonsiz. Lekin yuragi taka-puka boʻlib turgan kishining qoʻrquvi shu darajadaki, Undan ham umid qiladi. Savol. Uni jonzot qatnashtirib, ikki soʻzda yozib bering.