zakovatklubi.uz

Savol matnida SHUNDAY soʻzi 2 soʻzga almashtirilgan. Toshkent zilzilasidan keyin bu haqida reportaj tayyorlash uchun “Komsomolskaya pravda” gazetasi muxbiri Vasiliy Peskov Toshkentga tashrif buyuradi. U shahar vayronalarini kuzatish jarayonida asosan SHUNDAY Toshkent vayron boʻlganini taʼkidlaydi. Oʻsha vaqtda SHUNDAY Toshkent shaharning toʻrtdan uch qismini tashkil etardi. Oʻtgan asr oʻrtalarida Sovet Ittifoqida nomida SHUNDAY soʻzlari qatnashgan asardan iqtibos keltirish “kontrrevolyutsion targʻibot va tashviqot” deya baholanib, jazolangan. Savol: oʻsha asar nomini yozib bering.

Manba