Savol matnida ikki soʻz boshqa ikki soʻzni almashtirib keladi. AQShda 1872 yil Luizianada Pinkni Pinchbek soʻnggi kinoqahramon lavozimini egallagan ilk afroamerikalik boʻldi. Aniqrogʻi Pinchbek ushbu lavozimga saylov natijasida emas balki impechment tufayli keldi. Qora tanli amerikalikning soʻnggi kinoqahramon etib qayta saylanishi esa 1990 yilga toʻgʻri keldi. Diqqat savol. Almashtirilgan ikki soʻzni yozib bering.