zakovatklubi.uz

Savol matnida ikki soʻz bir soʻzni almashtirib keladi. Yaqinda Tik-Tok taqdim etgan yangi effekt-maska sizga oʻzingizni YUK KOʻTARGAN holda tasavvur qilishga yordam beradi. Oldiniga ayol qizlar bu effektdan foydalanib oʻz fotoalbomlarini tayyorlashgan boʻlsa, keyinchalik qanchalik gʻalati boʻlmasin aktyor Pedro Paskal, qoʻshiqchi Garri Staylzlar oʻzlarini YUK KOʻTARGAN holda sinab koʻrishdi. Muxlislar esa, negadir 1994 yilgi filmni eslab Arnold Shvartsneggerni emas, balki Nirvana guruhi solisti Kurt Kobeynni YUK KOʻTARGAN suratlari qanday boʻlishi bilan qiziqishgan. Savol: Almashtirilgan soʻzni asl holida yozib bering.

Manba