Savol matnida harflari tushgan soʻz bor. Videolardan birida qayiqda suzib yurgan insonni kit osongina yutib yuborgani va keyin chiqarib tashlagani koʻrsatiladi. Videoga yozilgan izohda esa “Inson – PLATON” ekanligi yozilgan. Platon yunoncha “kezib yurish” deganidir. Savol: Harflari tushgan soʻzni asl holida yozib bering.