Savol matnida BOʻSHLIQ ikki soʻzni almashtirib keladi. Qozogʻiston Taʼlim va maorif vazirligi tomonidan yosh avlodning tabiatga boʻlgan mehrini va ekologik madaniyatini oshirishga qaratilgan loyihasi davomida 150dan ortiq BOʻSHLIQ bogʻchalari barpo etildi. Boshqa bir BOʻSHLIQ haqidagi maqolada oʻzga sayyoraliklar, elflar, yoki xloroz eslab oʻtilgan. Savol: BOʻSHLIQ oʻrnidagi ikki soʻzni yozib bering.