Savol matnida bir soʻzdan harflar tushurib qoldirilgan. IGNA yapon ayol samuraylari bilan aloqador boʻlgan qurol turi. 1192-1333-yillar oraligʻida Kamakura davrida keng qoʻllanilgan. IGNA ishlatish sirlarini puxta egallagan har bir ayol bir necha samurayni halok qilishi mumkin edi. IGNA ayollar uchun maxsus ishlab chiqarilmagan boʻlsa ham vaqtlar oʻtishi bilan koʻplab ayollar oʻzlarini shu qurol bilan himoya qilgani uchun ayollar quroli sifatida tanilgan. Savol: Harflari tushurib qoldirilgan soʻzni asl holida yozib bering.