Savol matnida bir soʻzdan bir necha oʻrinda harflar tushirib qoldirilgan. Etnograf Yelena Kubel qoraqalpoq udumlari haqida aytar ekan, ayrim eʼtiqodlarga koʻra hayotining yangi va muhim davriga qadam qoʻyayotgan qizlar yomon taʼsirlardan moʻjizaviy himoya qilinishi kerak deb ishonishgan. Bu himoyani SELdagi tozalovchi va himoya xususiyatlariga ega deb bilingan metall va kumush taqinchoqlar taʼminlaydi deb ishonilgan. Shuningdek, Seldagi feruza va marjon ham talisman hisoblanib, afsonaga koʻra, marjon oʻz egasini serfarzand qilgan. Savol: Harflari tushirib qoldirilgan soʻzni asl holida yozib bering