Savol matnida bir soʻzdan bir necha harflar tushirib qoldirilgan. Yaqinda olimlar tomonidan Missi Elliotning "Yomgʻir" nomli qoʻshigʻi VENAga uzatildi. Olimlarning aytishicha, Missi Elliotning qoʻshigʻi 14 daqiqada VENAga yetib boradi. VENA Hesperus, Fosfor kabi nomlar bilan ham tanilgan. Savol. Harflari tushirib qoldirilgan soʻzni asl holida yozib bering.