Savol matnida bir soʻzdan bir necha harf tushib qolgan. Yer qaʼriga 150 metr chuqurlikda qurilgan va maxsus haroratda ushlab turiluvchi bu joyda oziq-ovqat ekinlari urugʻlarining eng katta ombori joylashgan. Muzliklar ostidagi bu joyga xirmon ombori deya nom berilgan, chunki urushlar va tabiiy ofatlar ekinlarni yoʻq qilgan taqdirda, mana shu yerdagi urugʻlardan ularni yana koʻpaytirish mumkin boʻladi. Savol: Harflari tushib qolgan soʻzni asl holida yozib bering.