Savol matnida bir soʻz unlilari bir xil boʻlgan boshqa bir soʻz bilan almashgan. Bali orolida yashovchi QAROQCHILAR sayyohlarni shavqatsizlarcha talashlari bilan mashhur. Olimlarning aniqlashicha, QAROQCHILAR sayyoh uchun qaysi buyumi qadrliroq ekanini aniqlashadi va shuni oʻgʻirlashadi. Talonchilikdan soʻng faqatgina oziq-ovqat evaziga oʻgirlangan buyumni egasiga qaytarishadi. Savol: Almashtirilgan soʻzni asl holida yozib bering.