zakovatklubi.uz

Savol matnida bir soʻz oʻzgartirilgan. Adib oʻz qahramonlaridan qaysi biri “zamon qahramoni” deb tan olinishi haqida fikr yuritar ekan, biri qoʻyday yuvosh, qoʻyday beozor boʻlsa ham “turmushimiz yaxshi, zoʻr yashayapmiz” deyishi sababli, boshqasi esa hayotidan rozi, shu gʻurbatxonaga yana qaytib kelgani uchun bu taʼrifga toʻgʻri kelmaydi deb hisoblaydi. ALFA esa boshqa gap. U bosh qahramonga achinadi, adolatsizlikka ichki bir qarshiligi, noroziligi bor. Bosh qahramon xor boʻlishiga qarab turib, ichidagi murvatlari qizib ketishini taʼkidlaydi. Savol: Shu adib kim ekanligini toping?

Manba