Savol matnida bir soʻz ikki soʻzni almashtirib kelgan Asrimiz boshida, futbol boʻyicha Italiya “A” Seriyasiga boʻlgan qiziqish qay darajada yuqori ekanligini koʻrsatish uchun, sharhlovchi Bobur Akmalov oʻz telegram kanaliga oʻsha vaqtlarda ishlangan promo videoni joylaydi. Ushbu videodagi dialogni tinglang: - Ishongim kelmayapti, derbida boʻsh joy bor ekan! - Bu xotinimning joyi. Afsuski, u yaqinda olamdan oʻtdi. - Uzr, taʼziyamni qabul qiling, sinyor… - U birorta ham oʻyinni qoldirmasdi. - Nahotki, bu yerga taklif qilish uchun boshqa yaqin insoningiz boʻlmasa?! - Yoʻq ularning barchasi DAMda. Savol: Savol matnida almashtirilgan soʻzlarni asl holida yozib bering.