Savol matnida bir soʻz boshqa soʻzga almashgan. Dastlab unga Ullibibi deb ism qoʻyishadi, ammo otasi ishlaydigan gazeta nomiga mos qilib, qizni KANTON deb atashadi. U oʻziga mashhurlik olib kelgan qoʻshiqni ilk bor 1946-yil Alisher Navoiy opera va balet teatrida ijro etadi. Urushda oʻgʻlini yoʻqotgan insonlarga bu qoʻshiq qattiq taʼsir qiladi, zalda yigʻlamagan odam qolmaydi. Savol: 2013-yil 2-noyabrda vafot etgan ushbu inson kimligini yozib bering.