Savol matnida bir soʻz boshqa ikki soʻz oʻrnida keladi. (boshlovchi ATni alohida-alohida emas, qoʻshib oʻqiydi) Dail Maily xabariga koʻra AQSh maktablarining imtixon zallaridan AT larni olib tashlashadi. Unga asosiy sabab sifatida oʻquvchilar asosan raqamli gatjetlardan foydalanishi va AT dan foydalanmasliklari keltirilgan. Maktab va kollej rahbarlari uyushmasi bosh kotibi oʻrinbosari Malkolm Trob "Oʻquvchilar imtihon paytida oʻzlarini imkon boricha yengil his qilishlari kerak va imtixon uchun ajratilgan muddat qancha ekanligini aniqlay olmaslik ularning stressini yana kuchaytiradi" deydi. Diqqat savol: Savolda almashtirilgan 2 soʻzni yozib bering.