Savol matnida bir soʻz boshqa bir soʻzni almashtirib kelgan. Nezahualkoyotl - XV asrda yashab oʻtgan atsteklarning Tekzkoko shahar-davlatining tlatoanisi (hukmdori) boʻlgan. U nafaqat hukmdor, balki faylasuf va shoir sifatida ham nom qozongan boʻlib, oʻz saroyida koʻplab rassomlar, musiqachilar va haykaltaroshlarni toʻplagan. Nezahualkoyotl 15 yoshga toʻlganda uning otasi - Tlatoani dushmanlar tomonidan oʻldiriladi. Yosh Nezahualkoyotl shu tufayli shaharni tashlab ketishga majbur boʻladi, ammo keyinchalik kuchli qoʻshin toʻplab Tekzkokoni qayta egallaydi va otasi uchun qasos oladi. Shahzodalik vaqtida taxtdan tushirilishi va keyinchalik gʻalabali qaytishi tufayli Nezahualkoyotl ayrim tarixchilar tomonidan “Atstek Otellosi” deya sharaflangan. Savol: Matnda almashgan bir soʻzni originalini yozib bering