Savol matnida bir necha joyda bir soʻzda bir harf almashgan. Afroditaning sevgilisi boʻlgan Adonis ov qilishni yaxshi koʻrardi, ammo Afrodita yovvoyi mavjudotlarni ovlamaslikni aytardi. Kunlardan bir kun, Adonis yolgʻiz oʻzi itlari bilan ovga chiqadi, va yoʻlida katta bir qoʻngʻizni koʻrib uni ovlashga tushadi, ammo qoʻngʻiz Adonisni qattiq yaralaydi va ogʻir jarohatdan vafot etadi. Siz grek miflaridan birini eshitdingiz. Savol. Ushbu afsona bilan deyarli bir xil holatni kuzatishimiz mumkin boʻlgan film nomini yozib bering.