Savol matnida almashtirish bor. Fin xalqining mashhur davlat va harbiy arbobi, rus-fin urushidagi “Mannergeym chizigʻi” asoschisi Karl Gustav Mannergeym dastlab Rossiya Imperiyasi hududida xizmat qilgan va Sharqiy Turkistonga ham kelgan. Bu hududdagi uylarga kirgan Mannergeym shiftga osilgan rangli iplarni koʻrganini eslaydi. Iplar nega kerakligi bilan qiziqqanida esa aholi TOʻQQIZINCHIni tilga oladi. Savol: Almashtirilgan soʻzni asl holida yozib bering.