zakovatklubi.uz

Savol matnida almashtirilgan soʻz mavjud. Xayao Miyadzakining animelaridan birida, yosh qizaloqqa tegishli sehrli toshni qoʻlga kiritish uchun hukumat va qaroqchilar uni taʼqib qila boshlashadi. Keyinchalik bu tosh uchar orolcha-davlat boʻlgan BALNIBARBIga yoʻl koʻrsatuvchi ekanligi maʼlum boʻladi. XVIII asr birinchi yarmida yaratilgan asardagi hayoliy toponimning nomi ham BALNIBARBI edi. Balkim, Miyadzaki animeni yaratishda oʻsha asar muallifidan ilhomlangandir. Savol: Savol matnida almashgan soʻzni asl holida yozib bering.

Manba