Savol matnida ALFA va BETTA soʻzlarining har biri boshqa 1 soʻz bilan almashgan. XVI asrning oxirida Yaponiya hozirgi Koreya hududiga bostirib kiradi. Yangi amaliyotga koʻra yapon askarlari har jangdan soʻng ALFAlarni olib kelishi kerak edi. Yaponiyadagi ALFAlardan iborat Mimizuka qabristoni bazi manbalarda BETTAlar qabristoni deb ham tarjima qilinadi. Bundan 27 asrcha oldin yashagan inson haqidagi afsonalarda ALFA va BETTA eslab oʻtiladi. Savol: Oʻsha insonning kim ekanligini yozib bering