Savol matnida ALFA boshqa bir soʻzni almashtirib kelgan. Sheʼrni tinglang: Chaqaloqni yoʻrgakka tugib, “Yana holva”, deganda doya, Ota, endi oʻgʻil kerak, deb Qiziga nom qoʻydi: ALFA. Siz Erkin Vohidov qalamiga mansub “Otdoshlarimga” sheʼridan parchani tingladingiz. Oilada ketma-ket qiz tugʻilsa, “qizlar yetarli boʻldi, endigilari oʻgʻil boʻlsin” degan niyatda ALFA deb ism berilgan va hozir ham bu odat mavjud. Oʻzbekning bunday tutumi, otaning bitta boʻlsa ham oʻgʻillik boʻlish ilinjini Erkin Vohidov bir millatdosh, bir ota oʻlaroq quyidagicha tushuntirgan. Savol: Matnda ALFA oʻrnida almashgan ismni yozib bering.