Savol matnida 1 soʻzdan bir necha harf tushib qolgan. 2014-yil premyerasi boʻlib oʻtgan “Oculus” nomli filmda aka-singillarni ota-onasidan ayirgan va yakunda ularni ham oʻldirishga harakat qiluvchi yovuz personaj Unda joylashgan edi. Xristianlar faraziga koʻra odam vafot etgan uyda U ochiq qolib ketsa, jasaddagi ruh Unga kirib qolishi va jannat va doʻzaxning oraligʻida qolib ketishi mumkin. Savol: U nima?