Savol matnida 1 soʻz 2 soʻzni almashtirib keladi. “Aka-uka Karamazovlar” asarida Ivan shaytonga stoldagi stakanni otib yuboradi. Ivanning ushbu harakati shaytonga Lyusini eslatadi. XVI asrda Bibliyaning tarjima qilinish paytidagi bir voqeadan soʻng Vartburg qasri devorida ham Lyusidan qolgan izni koʻrishingiz mumkin. Savol: almashgan 2 soʻzni yozib bering.