Said Ahmad turli boʻxtonlar asosida qamalib chiqqan. Qamoqda unga bir-biridan kulgili ayblar qoʻya boshlashadi. Ular jumlasiga: “Oting nega Said Ahmad,nima saidlar avlodidanmisan? Yo ota-onang Said Olimxonga taassub qilib qoʻyganmi?” Soʻng uning bir hikoyasiga yopishib oladi. Hikoyada “selsovet” raisi boʻlmish ayolning jonkuyarligi maqtalgan boʻlib,bu hikoyaning nomini ruschaga toʻgʻridan-toʻgʻri tarjima qilsa maʼno oʻzgarib ketardi. Ular shunga yopishib olishadi va “Sen feodalsan” deya tagʻin bitta ayb taqashadi. Oʻsha hikoyaning nomini ayting?