Saguaro Shimoliy Amerikadagi Sonora choʻlida oʻsuvchi, 150-200 yildan oshiq ham yashashi mumkin kaktus turi. Saguarolarga hayotining birinchi yillari, sovuq va qurgʻoqchilikka bardosh bera oladigan darajada katta boʻlgunga qadar, salqin yoz, yumshoq qish va yetarli yomgʻir kerak. Tabiiyki, choʻlda yosh saguarolarning koʻpi nobud boʻladi. Bir biogeografning tadqiqotiga koʻra, hozirda yoshi 130 yildan oshgan saguarolarning aksariyati USHBU HODISAdan soʻng oʻsib chiqqan. Chunki USHBU HODISAdan soʻng bir necha yil mobaynida oʻrtacha harorat pasayib, yogʻingarchilik koʻp boʻlgan. Savol: USHBU HODISAni yozib bering.