Soatlar haqida davom etamiz. X ilk bor 1973-yilda Britaniya Mudofaa vazirligi tomonidan askarlarning soatlari uchun tarqatilgan, suvga, keskin ob-havo sharoitlariga va uzilishga chidamli, yengil tasmalar hisoblanadi. Vaqt oʻtishi bilan ittifoqchi davlatlar armiyalarida ham ommalashgan X-ning asl nomi G-10 boʻlsa-da, siz uning olgan laqabini, 4 ta harfdan iborat abbreviaturani javob kartangizga yozing.