Suratda Plutonning yoʻldoshi boʻlgan Xaronni koʻrib turibsiz, ramkaga olingan katta qora hududga NASAda norasmiy ravishda X nomi berilgan edi. 20-asrning birinchi yarmi va oʻrtalariga oid manbalarda qayd etilishicha, X Sindarin tilida "Qora tuproq", Kvenya tilida esa "Soyalar oʻlkasi" degan maʼnoni anglatadi. Tilga olingan tillarning sunʼiy tillar ekanligini bilgan holda, X ni unlilari bir xil boʻlgan 1 ta soʻz bilan javob kartangizga yozing.