zakovatklubi.uz

Ruslarga xos boʻlmagan bu modaning sabablaridan biri sifatida SSSRning tashqi dunyodan oʻzini izolyasiya qilgani aytiladi. Ittifoqda partiya faollari, ziyolilar, puli bor odamlar dam olishga Qrim kurortlariga borishgan. U yerda dam olib qaytganidan gerdayib, «men Qrimda dam olishga qurbi yetadigan obroʻli kishiman» deb gapirmasdan maqtanish uchun oʻsha yerda sotib olgan esdalikdan bir muddat foydalangan. Qahramoni u bilan tasvirlangan birinchi film «Timur va uning jamoasi» hisoblanadi. Aytingchi, Qrimdan qaytayotganda nimani suvenir sifatida sotib olishgan?

Manba