zakovatklubi.uz

Rus tili bilan birgalikda yana bir qancha sharq va gʻarb tillarini bilgan bu alloma olti tildagi: arabcha, forscha hindcha turkcha, oʻzbekcha va ruscha soʻzlarni oʻz ichiga olgan "Lugʻati sitta al sina" nomli lugʻat kitobini yaratdi. Mutafakkir mazkur asarni yaratar ekan, aholining asosiy qismi kirill yozuvini bilmaydigan oʻzbeklarga qulay boʻlishi uchun ruscha soʻzlarni ham arab yozuvi bilan berdi. Chor maʼmurlari tomonidan mahalliy mualliflar asarlari nashriga qarshi oʻrnatilgan taqib tufayli ancha kechikib, 1901-yilda bosmada chiqdi. Diqqat! Qaysi jadidchilik harakatining yorqin namoyondasi haqida gap ketayotganligini aniqlang.

Manba