Savolda IKS — oʻrin almashish. «Mol goʻshti ustiga choʻchqa goʻshtini qoʻying, ziravorlar seping, chetlari tekis boʻlishi uchun mahkam oʻrang. Ip bilan bogʻlang». Hozirgina siz IKS retseptidan parchani tingladingiz. «Rock On The Net» ingliz tilidagi saytiga koʻra, 1994-yil 1-mayda IKS dunyoning 28 mamlakati chartlarida birinchi oʻrinni egallagan xiti uchun «Eng yaxshi yakkaxon rok-vokal ijrosi» nominatsiyasida «Gremmi» mukofotini olgan. IKSni rus yoki ingliz tilida ikki soʻz bilan ayting.