Rivoyatga koʻra, ulamolardan boʻlmish Shayx Umar Bogʻistoniy koʻp yillar davomida farzand koʻrmaydi, najot istab, zavjasi bilan birga Hazrati Imom qabrini ziyorat etadi. Qurʼon tilovatidan keyin Alloh taolodan farzand ato etishini iltijo qiladi. Xuddi shu payt maqbara ustidan bir gala aldirgʻoch birdaniga koʻkka koʻtariladi, bu parvozdan “At-tahur” degan sado yangrab ketadi. Shayx Bogʻistoniy yillar oʻtib oʻgʻil koʻradi. U kamolotga yetib, Shayx darajasiga yetadi. Savol: Umar Bogʻistoniy oʻgliga qanday ism qoʻygan?