Reuters agentligining 2012-yildagi maqolalaridan birida nemis tilida o'sha paytdagi Germaniya prezidenti Kristian Vulfning familiyasidan olingan "vulfing" neologizmi paydo bo'lgani xabar qilinadi. Bu fe'l bir nechta ma'noga ega. Masalan, biror narsa haqida mujmal gapirish, gapni oxirigacha aytmaslik, lekin gapiruvchini ochiq yolg'onda ayblab bo'lmaydigan tarzda gapirish. Bu ma'no prezidentning korrupsiya va OAVga bosim o'tkazish ayblovlariga bo'lgan munosabati bilan bog'liq. Shuningdek, maqolada "merkeling" fe'li, ya'ni ikkilanish, qat'iyatsiz bo'lish ham tilga olingan. Xo'sh, "intellektual mulkni o'g'irlash" ma'nosida qaysi neologizm ishlatiladi?