Rejissyor Yevgeniy Nevskiy tomonidan, 2014 yili suratga olingan, ushbu film voqealari, snoubord boʻyicha Rossiya ayollar terma jamoasining olimpiadaga tayyorgarlik jarayonlari atrofida kechadi. Sport soʻzi uchraydigan ushbu film nomi, 1959 yilgi boshqa bir filmning ruscha yoki oʻzbekcha nomidan bitta soʻzga farq qiladi. Savol: Yevgeniy Nevskiy filmining nomini yozib bering! || Rejisser Pol Leyden tomonidan, 2020 yili suratga olingan, ushbu film voqealari, Anna ismli ayolning hayotini agʻdar-toʻntar boʻlishi bilan boshlanadi. Unga yordam berish istagida boʻlgan dugonasi Annani ayollarning jang klubiga olib boradi. Ring soʻzi uchraydigan ushbu film nomi, 1959 yilgi boshqa bir filmning ruscha yoki oʻzbekcha nomidan bitta soʻzga farq qiladi. Savol: Pol Leyden filmining nomini yozib bering!