Rejissor Shukran Kondur bu joyni “Anadoludan Istanbulga ochiladigan sirli darvoza” deb atagan edi. Intervyularidan birida u bu yer haqida shunday deydi: “Darvoza metaforasini Istanbul uchun ishlatmoqchi boʻldim, chunki bu yerda suratga olingan filmlarning deyarli barchasida Anadoludan Istanbulga qandaydir umidlar bilan kelgan oddiy odamlar hikoyasi bor. Baʼzilari koʻproq pul topish, baʼzilari esa yoʻqotgan umidini shu shahardan topish uchun kelardi, bu yerdan chiqishi bilan butun Istanbul qahramonning oyoqlari ostida namoyon boʻlardi”. Bu joy 1872-yilda faoliyat boshlagan. Bu joyni javob kartangizga yozing.