Real hayotdagi voqealar va tarixiy shaxslarga ishoralar bilan toʻla “Forest Gump” filmining Youtube’dagi lavhalaridan birida, 50-yillarda yosh yigit gitarada chalib, Forestga raqsga tushishni oʻrgatadi, shu bilan birga oʻzi ijro etayotgan qoʻshiqni takomillashtiradi. Qiziqarli tomoni shundaki, oʻsha videorolikdan “Hound Dog” nomli boshqa videorolikka oʻtish bor. Siz esa “Hound Dog” kimning qoʻshigʻi ekanligini ayting.