Isroil reklamasidan: kichkina bola salqin ichimliklar sotadigan avtomat yoniga keladi va bir banka koka-kola sotib oladi. Soʻngra — bir banka pepsi-kola. Undan keyin esa — reklama qilinayotgan mahsulot boʻlgan "RC cola" ichimligini sotib oladi. Dastlabki 2 ta bankani bola avtomat yonida qoldirib ketadi. Bolaning birinchi 2 ta bankani sotib olishiga nima sabab boʻlgan?
uning boʻyi pastligi (u oʻziga kerakli tugmachaga qoʻli yetmagan, koka va pepsi bankalari ustiga chiqib olib, maqsadiga erishgan).