Rasmda siz Kamoliddin Behzod tomonidan chizilgan Shayboniyxon portretini koʻrib turibsiz. Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” asarida yozilishicha, bu rasmni Shayboniyxon 1507-yili Hirotni egallagannan keyin Behzodga majburan chizdirgan ekan. Xon Behzodga uni oʻzini ulugʻvor qilib chizishni buyuradi. Oddiy odam rasmdan hech bir kamchilik topolmas, Behzod xonni izzat-ikrom bilan tasvirlabdi deb oʻylar edi. Behzod baribir rasmda yashirin ramziy maʼno orqali Shayboniyxonning aslida qanday hukmdor ekanligini tasvirlaydi. Savol: Ushbu kartinada Kamoliddin Behzod chizgan qaysi element Shayboniyxonning yovuz qahramon ekanligini anglatgan?