"Quiksilver" kompaniyasi syorfingchilar va snoubordchilar uchun kiyim-kechak ishlab chiqaradi. Har ikkala sport turini ramziy ifodalash uchun dizaynerlar XIX asr asarini asos qilib olib, logotip ishlab chiqishdi. Uning muallifini ayting. [Boshlovchiga: Javobdan oldin jamoalarga tasvirni olish zarurligi haqidagi tushuntirish matnini albatta oʻqib bering (HAMMA jamoalar "14-savol" belgisi bilan uchtadan rasm olganiga ishonch hosil qiling!). Shuningdek, javob eʼlon qilinishidan oldin savolga izohni oʻqish kerak. Boshlovchining tavsiya etilgan izohi: Hurmatli bilimdonlar, toʻgʻri javob yangrashidan oldin ushbu logotip tasvirini oling. Siz allaqachon anglaganingizdek, toʻlqin tasviri syorfingga, togʻ tasviri esa snoubordga ishora qiladi. Tilga olingan asar — "Fudzi togʻining oʻttiz olti koʻrinishi" turkumidagi "Kanagavadagi katta toʻlqin" gravyurasidir. Ushbu savolga toʻgʻri javob esa...]