Diqqat, savolda almashtirish bor. "Queen" guruhi tarkibi doimiy boʻlib qolgach, Freddi Merkuriy uning gerbini chizishga qaror qildi. Bir versiyaga koʻra, asos sifatida lotincha Q harfi boʻlgan Buyuk Britaniya gerbi olingan boʻlib, uning atrofida ikki sher, olovdan chiqayotgan qisqichbaqa va qanotli ikki pari "oʻralgan". Gerbdan koʻrinib turibdiki, Jon Dikon, Rojer Teylor va Brayan Mey SHUNDAY QILISHGAN. Merkuriy ham SHUNDAY QILGAN deb oʻylash mumkin, lekin aslida u biroz "kechikkan". Savolning har ikki muallifi ham SHUNDAY QILISHGAN. "SHUNDAY QILISH" iborasi bilan qaysi ikki soʻzni almashtirdik?