Qozi Ilyos oldiga ikki kishi bir kuzgi ustki kiyimni «oʻzimniki» deb talashib kelishadi. Shunda zakiy Qozi Ilyos xodimiga bir predmetni olib kelishni buyuradi va undan foydalanib kiyim egasi kimligini aniqlaydi. Bu predmet yogʻoch, suyak, xususan fil suyagidan yasalgan. Bu predmet har bir insonda individual boʻlishi tavsiya etiladi. Oʻsha predmetni nimaligini toping.