zakovatklubi.uz

Qoʻqon xonligining harbiy general gubernatori Mixail Skobelev olimu fuzalolarni yigʻib, rus madaniyatini namoyish etish maqsadida ularga balet qoʻyib beradi. Koʻp ulamolar, tabiiyki, balet boshlanishi bilanoq boshlarini quyi solib yerga qarab olishadi. Ularning ichida Haziniy hazratlari ham bor edi. Boshlar balet tugaganidan soʻngina koʻtarilgan. Bu holatdan oʻta taʼsirlangan generalning ayoli eʼtiqod hurmati eridan ularni jazolamaslikni soʻraydi. Skobelev: «Mayli ertalabgacha Qoʻqonni tark qilsinlar», – deb buyruq beradi va oʻsha kecha Haziniyning mashhur gʻazali dunyoga keladi. Diqqat savol: : ushbu gʻazal bilan nomi bir xil boʻlgan roman yozgan adibni yozib bering.

Manba