“Qogʻoz uy” serialida Pul chop etish uyi rahbarining kotibasi boʻlgan Monika asirga olingach, bir qancha vaqt oʻtib bosqinchilar tomoniga oʻtib oladi va ismini Stokgolmga oʻzgartiradi. Uning bu qaroriga jarohatlangan paytida unga yordam koʻrsatgan bosqinchi Denverning mehribonligi sabab boʻladi. Kinotahlilchilar bu holatda Denver haqida fikr bildirisharkan, boshqa bir shaharni eslab oʻtishadi. Diqqat savol: Qaysi shahar?