Qobusnomada chavgon oʻyini haqida quyidagicha hikoyat qilinadi. Bir kuni Amir binni Lays Xurosonga amir boʻlgandan keyin chavgon oʻynamoq uchun sahroga otlanadi. Lekin uning sipohsolari amir otining jilovidan ushlab uni chavgon oʻyiniga yubormasligini, agar borsa Xuroson amirligidan ayrilishi mumkinligini aytadi. Chunki Amir binni Lays SHUNDAY edi. Agar inson tushida SHUNDAY boʻlib qolsa, yarim dinining ketishi yoki katta gunoh qilishi yoxud aʼzolaridan biriga musibat yetishiga ishoradir. Savol. SHUNDAY oʻrnidagi bir necha soʻzni aniq yozib bering.