Qisqa metrajli oʻzbek filmida oʻquvchi bola ota-onasi oʻrniga maktabga yollangan aktrisani olib boradi. Bolaning bezoriliklari haqida eshitgach, aktrisa bolani urishga tushadi. Maktabdan chiqqach, bola “urish shart emasdi” deganda, aktrisa hammasi ishonarli chiqishi uchun shunday qilganini aytar ekan, bir familiyani aytadi. Savol: Uning familiyasini yozib bering.