“Qaynayotgan suvdagi qurbaqa” nomli hazil nazariya mavjud boʻlib, qurbaqani qaynab turgan suvga tashlasangiz, otilib chiqishga urinadi. Agarda qurbaqa sovuq suvga tashlanib, suv qaynatila boshlansa, qurbaqa bunga reaksiya bildirmaydi. Hayotda inson qarshisidagi muammo asta-sekinlik bilan kattarib borsa, inson bunga reaksiya bildirishi qiyin, aksincha qaysidir katta muammo darhol boʻy koʻrsatsa, inson bunga chora koʻrishga urinadi. Muammoga qurbaqa kabi reaksiya bildirib, hayotini barbod qilayotgan insonlar haqida yozilgan maqolada bir maqol doim ham toʻgʻri boʻlavermasligi taʼkidlangan. Savol: Ushbu maqolni 2 soʻzi bir xil harfdan boshlangan 4 soʻzda yozib bering.