Qatarda boʻlib oʻtgan 2022-yilgi fubol boʻyicha Jahon chempionatidan soʻng koʻp stadionlar buzilishi va keyinchalik bu hududlar savdo markazlari, mehmonxona, maktab va shifoxonalarga aylantirilishi haqidagi maqolani oʻqigandan soʻng, savol muallifi bu loyihani 1851-yilda Londonning Gayd-parkida qurilgan bir binoga qiyoslaydi. Hozirda bu bino yoʻq boʻlsa-da, lekin Londondagi bir tuman va temir yoʻl bekati Uning nomiga ataladi. Savol: bu qaysi bino edi?