Qarshingizda Samsung kompaniyasining maxsus guldoni suratini koʻrib turibsiz. Guldonning ichki qismi gullar uchun moʻljallangan, ichki qismi va tashqi qobigʻi orasidagi boʻshliq esa kaliy karbonati bilan toʻldirilgan. Bu guldon Janubiy Koreyada 2017-yilda chiqqan qonunga koʻra, har bir xonadonda kamida bir donadan boʻlishi kerak boʻlgan predmet funksiyasini ham bajarishi kerak. Diqqat savol, gap qanday predmet haqida ketmoqda?