Qarshingizda – One Punch Man [Uan-Panch-Man] mangasi bosh qahramoni Saitama. Uni yaratishda mualliflar oramizda koʻpchilikka tanish yaponiyalik boshqa qahramondan ilhomlanishgan. Shuning uchun ham yosh boʻlishiga qaramay boshida sochi yoʻq Saitama oʻz prototipiga tashqi tomondan oʻxshasada, undan farqli ravishda bolalarga namuna boʻla olmaydi. Diqqat savol: Saitamaning prototipi ismini barcha unlilari bir xil soʻz bilan yozib bering.